Ichimda Gaplar Qolib Ktti
Xamdam Sobirov
Ichimda Gaplar Qolib Ktti 歌詞
Yo'limiz boshqa, har taraf ketamiz endi-endi,
Sevgim o'yin ekan, netamiz endi-endi?
Shirin sevgimizni alishding qog'ozlarga,
Yaxshi yashayman, deb nafsing qulisan endi.
Yuragim yig'laydi, lekin kulaman endi-endi,
Sensiz yashamoq og'ir, chidayman endi-endi.
Farishtadek niqobing yecharsan endi-endi,
Bilgin yor, bu gunohing yuvolmaysan endi-endi .
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko'z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi.
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko'z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi.
Mucic
Qaytmagin, orqaga yo'l yo'q, ketaver endi-endi,
Ko'nglimda senga boshqa joy yo'q, boraver endi-endi.
Aytay desam, hatto so'z yo'q, yig'layver endi-endi,
Xatoni men emas, sen qilding, chidaysan endi-endi.
Yillar o'tib bormoqda qara, unutdim endi-endi,
Aslida sening kimliging tushundim endi-endi.
Biz kutgan o'sha yomg'irlar tindi endi-endi,
Yuragimda yashaysan, gulim, bo'ldi endi-endi.
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko'z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi.
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko'z tegdimi ?
Begonalar seni olib ketdi.