Meni Aldadi
Ummon Guruhi
Meni Aldadi 歌词
Men seni boshqacha deb,
O'ylardim o'zgacha,
Lek sen ham ekansan oddiy,
Sen ham ekansan o'sha-o'sha,
Aytgin bunchalar arzon bizni,
Bog'lab turgan rishtalar,
Bahosi bunchalar ham,
Yolg'on ko'zlaring qarosi,
Seni so'zlaringda yo'q haqiqat,
Lek oxiri shunga bo'ldim iqror,
Men senga hamma sirlarim yig'ib,
Aytib bergan ekanman bekor,
Bugun yolg'iz o'zim dardlarimni,
Yomg'irlarga aytib ovunaman,
Sen meni tashlab ketgan jarlikdan,
Albatta bir kun keb qutulaman,
Qaytib kelganda bahor,
Erib ketganda so'ngi yog'gan qor,
Bog'lar ichra takror,
Ko'risholmaymiz diydor,
Lablari meni aldadi,
Tubsiz zulmatga tashladi,
Oxir yolg'iz qoldirib,
Hatto hayrlashmadi,
Men seni boshqacha deb,
o'ylardim shu kungacha,
Kuzatmasdim tekshirmasdim,
ishonardim o'tgan tungacha,
Afsus shuncha yil adashib,
kelgan ekanman bugungacha,
Shu kungacha men senga,
borimni berdim azizam,
Bir umr birga bo'lamiz bo'lasan rafiqam,
Deb o'ylardim afsus adashdim,
seni tanlab adashdim,
Kimlar nimalar demadi sen haqingda,
Men esa yoningni olib bo'ldim yoningda,
Kulgim kemasa ham kuldim kuldirganingda,
Kuysang besh battar,
kuydim yuragim tubida,
Ortimizdan gapirganlar bo'ldi haq,
U esa aldardi ko'zlarimga tik qarab,
Uzun qizil tirnoqlari bilan yuragimga,
Ismin yozib ketdi atay,
o'chmas qilib tirnab,
Olisdagi bahtlilar,
Yordam qo'lin beringlar,
Bahtsizlikdan charchadim,
Meni olib ketinglar,
Yolg'izgina ey kongil,
O'zingdirsan guvohim,
Yolg'izlikdan charchadim,
O'zing bo'lgin panohim,
So'z demay ketgani,
Xanjardan battar botdi,
Yuragimga tuyg'ularimga,
Malham bo'lib kelmadi,
O'zidan qolgan bitmas,
Yaralarimga alamlarimga,
Qaytib kelganda bahor,
Erib ketganda so'ngi yog'gan qor,
Bog'lar ichra takror,
Ko'risholmaymiz diydor,
Lablari meni aldadi,
Tubsiz zulmatga tashladi,
Oxir yolg'iz qoldirib,
Hatto hayrlashmadi.